super
kelinchak
Bo‘lajak va yangi kelinlar uchun ideal onlayn kurs
KURSIDA
"Super kelinchak"
✔️ 60 kun davomida darslar
✔️ 6 ta modul
✔️ 18 ta ekspert
✔️ 85 ta videodars
✔️ 12 + chek list
✔️ 10 + affirmatsiya
✔️ telegramda yopiq dars kanali
✔️ kursdoshlar bilan muloqot uchun chat
✔️ kuratorlar nazorati
✔️ bonus darslar
✔️ 600.000 so‘mlik "Raqs va nafosat" kursi
✔️ Amira Rashidova bilan jonli efirLAR
✔️ 1 oy darslar saqlanadi
890.000 so`m
3.000.000 so`m
O'zingizga ishonch ortib, katta maqsadlar qo'yasiz
Barakali oilaning baxtli va qadrli bekasi bo'lasiz
Bugungi kuningizdan zavqlanib, xavotirsiz yashaysiz.
Oila va keryerani parallel olib borishni o’rganasiz
Hayotingiz senariysini o'zingiz yozasiz, mustaqil ayol bo'lasiz
Juftingiz bilan munosabatga yorqinlik va muhabbat kiritasiz
KURSDAN KEGIN SIZ
kurs muallifi
Аmira Rashidova
  • Jurnalist, prodyuser va life coach
  • "Qizil pomada" onlayn kurslar platformasi asoschisi
  • Kurslar va chellenjlar yordamida 2 yil ichida 280.000 dan ortiq ayollarning shaxsiy rivojlanishiga hissa qo’shgan
  • Sevimli rafiqa, baxtli oilaning bekasi, 3 nafar farzandning mehribon onasi
ijtimoiy tarmoqlar:
Bu kurslar aynan siz uchun, agar sizda:
- O`zingizni topa olmayotgan, hayotda o'rningiz qayerdaligini bilmayotgan bo’lsangiz;
- Turmushga chiqish qo’rquvi va kelajakka bo`lgan xavotir bo’lsa,
- Qaynonangiz va atrofdagilar bilan chiroyli munosabat o`rnatishni istasangiz;
- Erkak-ayol munosabatlaringizga sovuqlashgan bo'lsa yoki ularga yanada yorqinlik kiritishni xohlasangiz;
- Kutuvlardan xalos bo'lib, hayotingiz senariysini o'zingiz yozishni istasangiz;
- Xiyonat azobi sizni qiynayotgan bo’lsa;
- O`tmish bilan yashayotgan bo’lsangiz,
- Aybdorlik hissi va xafagarchilik sizni qiynayotgan bo'lsa;
- O`zingizga baxtli bo`lishga ruxsat bera olmayotgan bo`lsangiz;
Literature course for people who can't live without books
You will study English Literature, an introduction to key aspects central to the study of English Literature. You will also choose an optional course from another subject area.
"SUPER KELINCHAK"
KURS MODULLARI:
1
1-modul
"Bo‘lajak kelin"
- Yangi hayotga ilk qadam. Kursni boshlashdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?

- Nima uchun turmushga chiqishdan qo‘rqasiz? Oila qurish bilan bog‘liq qo‘rquvlarning kelib chiqish sababi

- Turmushga chiqish bilan bog‘liq qo‘rquvlardan xalos bo‘lish yo‘llari

- Sovchilar nega kelmayapti? Sabablari va yechimi haqida gaplashamiz

- Oila qurish bilan bog‘liq xavotirlar ustida ishlaymiz

- Sovchi orqali turmush qurish yoki sevishib turmush qurish. Qaysini birini tanlash kerak?

- Ideal turmush o‘rtoq tanlash qoidalari

- Qiz bolaning uyatchanligi

- Turmushga chiqishdan oldin qizlar seksual hayot haqida nimalarni bilish kerak?

- Birinchi kecha haqida har bir qiz bilishi kerak bo‘lgan bilimlar

Bu modul orqali yangi hayotga ruhan va jismonan tayyorgarlik ko‘rasiz. Yaqinlaringizdan so‘rashga uyalgan, iymangan savollaringizga aynan mana shu modulda javob olasiz.
2
2-modul
"Men va ichki holatim"
- "Men" konsepsiyasi. O‘zimga bo‘lgan baho

- Neyrografika yordamida negativ tushunchalardan xalos bo‘lamiz

- Oilada o‘z fikrini to‘g‘ri ayta olish bo‘yicha maxsus dars

- Altruistlik, xudbinlik va o‘zini yaxshi ko‘rish o‘rtasidagi farqlar

- Shaxsiy chegaralar nima? Uni qachon va kim uchun qo‘yish kerak?

- Munosabatlarda chegaralarni qo‘yishni o‘rganamiz

- Barakali ayol sirlari

- Turmushga chiqqandan keyin o‘z qiziqishlari va orzularini yo‘qotmaslik, oldinga harakat qilish, bilim olish va izlanish ahamiyati

- Ham oilada, ham karyerada muvaffaqiyatli ayol bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Asl "Men"ingiz bilan tanishasiz. Ruhiy holatingizni qabul qilishni, istaklaringizni eshitishni, emotsiyalaringizni tushunish va boshqarishni o‘rganasiz. Bu moduldan so‘ng o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz oshadi. Fikrlaringizni va emotsiyalaringizni to‘g‘ri ifodalay olasiz.
3
3-modul
"Men va sog‘lom tanam"
- Tanangizni eshitishni bilasizmi? Tibbiy savodxonlikni oshiramiz

- Qizlarning tashqi ko‘rinishidagi nuqson va kamchiliklari turmush qurishga xalaqit bersa… Yechim qayerda?

- Qizlardagi semizlik va ozg‘inlik. Ular oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar va ularning oldini olish

- Birinchi kechaga tayyormisiz? Ginekologdan eshitishingiz shart bo‘lgan bilimlar

- Jinsiy hayotning qizlarga aytilmaydigan nozik jihatlari. Psixolog-reproduktolog darsi

- Turmushdan keyin ayol salomatligi. Homiladorlik

Bu modul orqali ayol organizmining o‘ziga xosligini tushunasiz. Sog‘lomlashish, tanangizni qabul qilish, organizm belgilarini tushunishni boshlaysiz. Jinsiy va reproduktiv hayotni to‘g‘ri olib borishni o‘rganish imkoniyati bo‘ladi sizda.
4
4-modul
"Zamonaviy xonim"
- Stil va kiyinish madaniyati. Jozibali va o‘ziga ishongan ayol bo‘lish uchun kiyinishda nimalarga e’tibor berish kerak?

- Etiket darsi. Go‘zal va madaniyatli ko‘rinay desangiz, bularni albatta bilishingiz kerak!

- Ko‘zgudagi aksingizdan zavqlanish sirlari. O‘zingizga yarashadigan stil tanlash va kiyinish madaniyati.

- "O‘zim o‘zimga vizajistman". Kechki pardoz sirlari

- "O‘zim o‘zimga vizajistman". Kunduzgi pardoz sirlari

O‘zidan zavqlanadigan, ayollik jozibasi ufurib turadigan ayolga aylanasiz. Bu modulni o‘zlashtirgan qizlarga stilist va vizajistning yordami kerak bo‘lmay qoladi. Chunki, zamonaviy va chiroyli kiyinishni, pardoz va soch turmaklashning so‘nggi urfdagi sirlarini bilib olishadi.
5
5-modul
"Munosabatlarim"
- Otamiz bilan munosabatning hayotimizga ta’siri

- Ona bilan munosabatning ayol kishi hayotiga ta’siri

- Yangi xonadon qoidalari va unga tez moslashish yo‘llari

- Qaynona bilan til topishish yo‘llari

- Qaynona va qaynisingillar bilan qanday do‘stlashish mumkin?

- Qaynona bilan chegarani to‘g‘ri qo‘yish va hurmatni yo‘qotmaslik bo‘yicha maslahatlar

- Erkak va ayol munosabatlarida garmoniya

- Turmush o‘rtoq kim va u bilan qanday to‘g‘ri munosabat qilish kerak?

- Turmush o‘rtoqdan to‘g‘ri pul so‘rash madaniyati

- Omma oldida nutq so‘zlash. So‘zlar orqali atrofdagilarda yaxshi taassurot uyg‘otish

Bu modulda atrofdagilar va yaqinlaringiz bilan chiroyli va garmoniyada munosabat o‘rnatishni o‘rganasiz. Darslar davomida munozarali vaziyatlarda o‘zingizni qanday tutishni, vaziyatni oson va ijobiy hal qilishni bilib olasiz. Eri tinglaydigan va fikrlarini hurmat qiladigan ayolga aylanasiz.
6
6-modul
"Saranjom beka"
Jami 40 ta dars
- Bozor qilishni o‘rganamiz 2 ta dars

- Uyni saranjom tutishni o‘rganamiz

- Kiyimlarni to‘g‘ri parvarish qilish. To‘g‘ri yuvish, dazmol qilish. 1 ta dars

- Xamir qilish texniklari. 5 xil xamir tayyorlash. 1 dars

- Nonushta uchun retseptlar. 5 ta dars

- Issiq taom retseptlari. 5 ta dars

- 5 xil salat retseptlari. 5 ta dars

- Shirinlik tayyorlash retseptlari. 5 ta dars

- Dasturxon tuzatish kompleks darslari: salatlar, karving san’ati, issiq ovqatlar, mahsulotlarni to‘g‘ri joylashtirish texnikalari, servirovka. 14 ta dars

Bu moduldan so‘ng xonadoningizda har doim mazali taom va pishiriq hidi kelib turadi, eringizning oshqozoniga xaritani beramiz. Uyingiz chinnidek yarqirab, saranjomligidan qaynonangizni mamnun qilishi aniq! Darslar davomida bozorlik qilishdan tortib, klassik shimlarni dazmol qilishgacha o‘rganasiz.
Bu kursdan keyin siz turmush o‘rtog‘ingizning dilini, qaynonangizning tilini topishni o'rganasiz. O'ziga ishongan, hamma havas qiladigan va ko'zlari baxtdan chaqnab turgan sevimli ayolga aylanasiz.
Kurslar haqida eng koʼp berilgan savollar:
super
kelinchak
Bu kursdan keyin siz turmush o‘rtog‘ingizning dilini, qaynonangizning tilini topishni o'rganasiz. O'ziga ishongan, hamma havas qiladigan va ko'zlari baxtdan chaqnab turgan sevimli ayolga aylanasiz.
Kurslarimiz natijalari:
ЎҚИГАН КУРСЛАРИМ ИЧИДАГИ ЭНГ ЗЎР НАТИЖАГА ЭРИШГАН КУРСИМ БУ!
"Агар мен оддий пазандалик сирларини ўрганмоқчи бўлсам , вақт ва пулни кўпроқ сарфлайман...
Лекин бу курсда хаммаси бирлашган, универсал курс деб хисоблайман.Кечиришни ва кутмасликни ўргандим.Барча инсонларга шартсиз муносабат билдириб, ўтган ишни унутишни ўргандим.
Курсни исталган яқинимга тавфсия қила оламан.
ШУ КУРСИ ОРҚАЛИ ОДАМЛАРДАН ХЕЧ НИМА КУТМАЙ ҚЎЙДИМ.
Мен доим хаммадан мени бахтли қилишларини кутар эдим.Курсга келмагунимгача мана шу фикрлар атрофимда айланаверарди.
Янги хает ва турмушлардан жуда ҳам қўрққанман , энг катта қўрқувим бу турмушга чиқиш эди.Курс давомида ўқиб-ўрганиб мана шу қўрқувларимга ечим топдим.

Энг катта тушунган нарсам , мен ўз-ўзимни бахтли қилишим керак, мени бошқалар бахтли қилишга мажбур эмас.
ЎЗ БИЗНЕСИМНИ ОЧДИМ!
Бизнесим хақида батафсил айта олмайман лекин айтишим мумкин бўлган нарса , курсгача бўлган ҳолатим жуда ёмон эди, қарзга ботгандим.Курс туфайли қарз узишимга тўсқинлик қилаётган барча муаммоларимга ечим топдим.Ота-онам ва оила аьзоларим билан муносабатим яна-да яхшиланди.

Ҳозир қарзларимдан қутилдим ва ўзим учун мошина сотиб олиш мақсадим бор, курс сабаб мана шу натижаларга эришдим деб хисоблайман.
ЖОНИМГА ТЕГИБ КЕТГАНДИ ШУ "СУПЕР КЕЛИНЧАК" РЕКЛАМАЛАРИ.
Қатга қарамай , шу "Супер келинчак" деб чиқиб келаверди , инстаграмда ҳам, телеграмда ҳам шу хабар.Охири таваккал қилиб сотиб олдим.Биринчи дарсдаёқ курсга қизиқишни бошладим.
19 га кирган бўлсам бирор маротаба онамга сизни яхши кўраман демагандим, шу курс туфайли онамга ичимдаги бор гапларни хафагарчиликларсиз айта олдим.

Курсдан аввал доим у бўлса-чи, бу бўлса-чи деб юраверардим,
Ҳозир эса хаммаси ҳайрлига дейман , яхшилик бўлсин дейман , буни менга курс ўргатди.
ОИЛАДА ЭНГ КАТТА ҚИЗ - ЎҒИЛГА АЙЛАНИБ ҚОЛАР ЭКАН...
Ўз хохиш ва истакларимни доим кўмиб яшаган эканман...кўп саволларим бор эди , жавобларни мана шу курс орқали топдим.Онамга мен мехр кўрсатарканман-у лекин бу шартсиз эмас экан.Курсдан сўнг шартсизликни ўз хаетимга киритдим.

Мен шартсиз муносабат билдираётганимдан кейин онам ҳам менга шартсиз муносабат билдираяптилар,
мен онамни , онам эса мени тушунаяптилар.Ҳозирги ҳолатим менга ёқаяпти, бу курсда ҳамма қиз ўқиши керак.
Бу курс сизни янгидан "установка" қилиб беради....
КУРСДАН СЎНГ УЧРАШУВГА ЧИҚГАН ҚИЗ....
"Супер келинчак" курсига қатнашишим хақида яқинларимга айтганимда улар устимдан кулишганди , мен сенга психологман деб.

Бу курс орқали мен негатив фикрларга қандай жавоб қайтаришни ўргандим,
22 ёшимгача учрашувларга чиқмагандим,янги оила қуриш бўйича қурқувларим жуда кўп бўлган.
Оила хақидаги янги фикрларга эга бўлдим ва курсдан сўнг учрашувга чиқдим...курсни барча қизларга тавфсия қиламан.
ТЎЙИМ УЧУН ЭНГ КЕРАКЛИ ТАЙЁРГАРЛИК БЎЛДИ БУ КУРС...
Бу курс мен учун онамдек бўлиб қолган...
Мен тошкентда ўзим яшайман ва мен учун деярли хеч ким келинлик сирларини ўргатмаган, бу масалада "СУПЕР КЕЛИНЧАК" курси анча ёрдам бера олди...

Нархи қанчалиги муҳим эмас, курс идеал ҳолатда ташкил қилинган.Ишонаманки бу курсда ўқиган қиз хақиқатда "СУПЕР КЕЛИН" бўла олади.
ҚИЗ БОЛА ФАҚАТ ХИЗМАТ УЧУН ТУҒИЛГАН ДЕБ ЎЙЛАРДИМ...
Курсни ўқиб туриб тушундимки аёллик жозибаси менда йўқ экан.
Эркаклик юкини ўз бўйнимга олишни бошлаган эканман.
Ўзимга ўзим савол беришни бошладим, яна қаергача борарканман деб,

Мени қўрқитган савол "кейинчи?"
Мана шу саволдан сўнг кўп нарсани ўзгартиришни бошладим,
Ҳозир хатто эшикни эркаклар очиб берадиган даражада аёллик сифатларини ўзимда сезаяпман..
Бу ишларда курснинг аҳамияти жуда катта,
Made on
Tilda